ONLO — bu korxona resurslarini rejalashtirish va boshqarish uchun mo'ljallangan markazlashgan platforma. Barcha jarayonlar bitta xavfsiz muhitda.
Kompaniyaning moliyaviy holati va barcha bo'limlar ko'rsatkichlari bitta ekranda.
HR & Ish haqi
Logistika & Boshqaruv
Mijozlar & Savdo
Barcha modullar bitta ma'lumotlar bazasiga ulangan. Sinxronizatsiya muammosi yo'q.
Bank darajasidagi shifrlash va har bir xodim uchun alohida ruxsatlar (RBAC).
Biznesingiz uchun zarur bo'lgan funksionallikni ishga tushiring. Ortiqcha narsalar yo'q.
Kichik biznes uchun sodda va tezkor, yirik korxonalar uchun xavfsiz va moslashuvchan.
Server sotib olish shart emas. Ro'yxatdan o'ting va 1 kunda ishlashni boshlang. Barcha ma'lumotlar bulutda xavfsiz saqlanadi.
Ma'lumotlar to'liq sizning nazoratingizda. Tizimni shaxsiy serveringizga o'rnatamiz va mavjud ERP bilan integratsiya qilamiz.
ONLO — O'zbekiston biznes muhitini raqamlashtirish va avtomatlashtirishni maqsad qilgan yangi avlod texnologik startapi. Biz hozirda faol rivojlanish (development) bosqichidamiz va mahalliy bozor talablariga to'liq javob beradigan mukammal tizim ustida ishlamoqdamiz.
ONLO — bulutli (SaaS) tizim. Siz ro'yxatdan o'tib, biznesingiz uchun zarur bo'lgan funksionallikni ishga tushirasiz va darhol foydalanishni boshlaysiz.
Ha, ONLO ochiq API ga ega. Biz Telegram botlar, Payme/Click to'lov tizimlari va 1C buxgalteriya bilan to'liq integratsiya qila olamiz.
Ma'lumotlar shifrlangan holda xavfsiz bulutli serverlarda saqlanadi. Har kuni avtomatik zaxira nusxasi (backup) olinadi.
Mutaxassislarimiz sizga tizimni bepul namoyish qilib berishadi va biznesingizga mos yechimni tanlashda yordam berishadi.
Har kuni, 24/7 onlayn qo'llab-quvvatlash
Tijorat takliflari uchun
Telegram orqali tez javob
Formani to'ldiring. Biznesingizga mos yechimni tanlab beramiz.
Yuzni tanish tizimi orqali ishga kirish, GPS monitoring va eng muhimi — ish haqi, bonus va jarimalarni avtomatik hisoblaydigan aqlli tizim.
Kartochkalar kerak emas. Yuzni tanish orqali 100% aniq davomat.
Kechikishlar, avanslar va bonuslarni inobatga olgan holda oylikni 1 tugmada hisoblang.
Dekabr, 2024
Xodimlar faqat belgilangan ofis yoki obyekt hududidagina "Keldim" tugmasini bosa oladi.
2/2, 1/3 yoki erkin jadvallar. Restoran, zavod va navbatli ishlaydigan korxonalar uchun ideal.
Kechikish uchun avtomatik jarima yoki bajarilgan ish uchun bonuslarni tizim o'zi hisoblaydi.
Rahbarlar uchun real vaqtda hisobotlar. Xodimlar uchun shaxsiy kabinet.
Shtrix-kod skaneri yordamida kirim-chiqimni tezlashtiring. Qaysi tovar qancha qolgani, qachon tugashi va qayerda turganini aniq biling.
3 kunlik ishni 3 soatda tugating. Telefoningizni skanerga aylantiring.
Eski tovarlarni birinchi soting. Yaroqlilik muddatini avtomatik kuzating.
Mahsulotlarni qo'lda emas, skaner orqali kirim va chiqim qiling. Xatoliklar 0% ga tushadi.
Bir nechta filial yoki omborlar o'rtasida tovar harakatini (Peremesheniye) oson boshqaring.
Qaysi tovar qachon, kim tomonidan va qayerga yuborilganini to'liq ko'ra olasiz.
Omborda tovar tugayotganda yoki yaroqlilik muddati oz qolganda tizim sizga SMS yuboradi.
Go'zallik salonlari, avtoservislar va o'quv markazlari uchun ideal yechim. Mijozlaringizni navbatga yozing, SMS eslatma yuboring va sodiqlikni oshiring.
Mijozlar Telegram bot orqali o'z vaqtini o'zi tanlaydi. Telefon qilish shart emas.
"Ertaga 14:00 da sochingizni oldirishga kelasiz" deb avtomatik eslatma yuboramiz.
Qog'oz daftarlarni unuting. Barcha mijozlar yozuvi planshet yoki telefoningizda.
Mijozga "Ertaga 14:00 da navbatingiz bor" deb tizim avtomatik eslatma yuboradi.
Mijozning tug'ilgan kuni, oxirgi kelgan vaqti va afzal ko'rgan xizmatlarini saqlang.
Qaysi mutaxassis eng ko'p daromad keltirayotganini va mijozlar kimni tanlayotganini ko'ring.